Telegram Group Search
“Payshanba-profilaktika kuni”

Bir kun janjal bo‘lgan uyda qirq kun baraka bo‘lmaydi deb bejiz aytishmagan dono xalqimiz. Shu sabab jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarni oldini olish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Oltinko‘l tumanida ham joriy yilda jinoyatchilikni oldini olish bo’yicha, joylarda targ‘ibot ishlari muntazam o‘tkazilmoqda. Jinoyatchiga jazo berishdan ko‘ra, uni oldini olish barcha narsadan afzaldir. Bu yo‘nalishda hamkorlikni kuchaytirish lozim bo‘ladi.

Jinoyatchilikka qarshi kurash nafaqat huquq-tartibot organlarining, balki barchamizning faoliyatimiz mezoni bo‘lishi kerak.Bugun jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish profilaktikasi kuni tadbirda sektor rahbarlari ishtirok etishdi.Tadbirda korxona-tashkilot, muassasalar, jamoatchilik vakillari qatnashishdi.

Tadbirda so‘z olganlar eng avvalo jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olishda hamkorlikni kuchaytirish lozimligini ta’kidladilar.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
#Xamdardlik

Bugun, Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, faxriy jurnalist Nazirjon Saidov 76 yoshda olamdan o'tdi.

Jurnalist Nazirjon Saidov 1948-yil 10-yanvar kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tavallud topgan. 1979-yilda Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Faoliyati davomida Andijon tuman hokimligi muassisligidagi "Andijon tongi" gazetasida muharrir o‘rinbosari, Oltinko‘l gazetasida muharrir, "Andijonnoma" gazetasida muharrir sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Hokimiyat tizimida ham faoliyat yuritib, 1992-1993-yillarda Oltinko‘l tuman hokimi, 1993-1999-yillarda Andijon viloyat hokimining o‘rinbosari, kotibiyat mudiri lavozimlarida ishlagan. 2010-2021-yillarda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi rahbari sifatida ish olib borgan.

Marxumning oila a'zolari va qarindoshlariga chuqur ta'ziya bildiramiz!

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Matbuot anjumani o'tkazildi

Oltinko‘l tumanida "Fuqarolik jamiyati ishtiroki orqali hududlarda gender islohotlariga ko'maklashish" loyihasining ochilishiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

70 nafardan ortiq ishtirokchilarni qamragan tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad, jamoatchilikni loyihaning boshlanishi haqida xabardor qilish hamda mahallalar va faol fuqqarolarni demokratik qadriyatlarini mustahkamlashga ta'sir etuvchi gender islohotlariga qaratilgan tadbirlarga jalb etishdan iborat.

Tadbir "SABR" Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish markazi Andijon viloyat filiali, "Tadbirkor ayol" xalqaro tashkiloti Buxoro filiali, Sirdaryo viloyati "Yangi O'zbekiston ishbilarmonlari" NTT va DVVning O'zbekistondagi filiali hamkorligida tashkil etildi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
BARCHA ISLOHOTLAR INSON MANFAATLARI UCHUN

Jamiyatda fuqarolarning murojaatlariga doimiy e’tibor nihoyatda muhim masaladir. Chunki fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi qancha yuqori bo‘lsa, jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan muammolar shuncha tez bartaraf etiladi.

Bugun Oltinko‘l tumani hokimi Otavulloxon Rasulovning fuqarolar uchun qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joylarining ta’mirlash, tibbiyot, moddiy yordam ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.

Qilingan murojaatlar o‘z joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan murojaat yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
2024/06/29 20:29:54
Back to Top
HTML Embed Code: